Rossiya sportida Habib Nurmuhamedov “Yil odami” deb topildi

Olam

image

Rossiyada “Yil odami” an’anaviy  so‘rovnomasi natijalari ma’lum bo‘ldi. Unga ko‘ra, sobiq UFC chempioni Habib Nurmuhamedov so‘rovnomaning sport yo‘nalishi bo‘yicha Rossiyada "Yil  odami" deb topildi. Bu haqda “Ijtimoiy fikr” jamg‘armasi (FOM) ma’lum qildi.

Aralash jang san’ati jangchisi (MMA) Habib Nurmuhamedov Rossiya sportida yil odami bo‘ldi. Natijalariga ko‘ra, respondentlarning uch foizi UFC sobiq chempioni uchun ovoz bergan.

Shuningdek, so‘rovnomaning yuqori reytingida rossiyalik xokkeychi Aleksandr Ovechkin, futbolchi Artyom Dzyuba va MMA jangchisi Fyodor Yemelyanenko ham joy olgan. Respondentlarning ikki foizi ularning har biriga ovoz bergan. Shu bilan birga, aholining 15 foizi Rossiya sportida yil odami yo‘qligini aytgan, 58 foizi esa bu savolga javob bera olmagan.

Ma’lumot uchun, joriy yilningning mart oyida Brand Analytics tomonidan olib borilgan tadqiqotga ko‘ra, Habib Nurmuhamedov o‘z sahifasidagi obunachilar soni va faolligi bo‘yicha rusiyzabon Instagram blogerlari reytingida birinchi o‘rinni egalladi.

Avvalroq, MMA bo‘yicha 2021 yilgi mavsum yakuniga ko‘ra, jahonning eng yaxshilari nomi ma’lum qilingan edi. E’tiborli tomoni faoliyati yakunlanganiga qaramay, Habib Nurmuhamedov sovrindorlar qatoridan joy olgan.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

30

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing