Rossiya Shimoliy Koreya askarlariga soxta hujjatlar bermoqda

Olam

image

Rossiya shimoliy koreyaliklarning haqiqiy ismlarini yashirish maqsadida ularga soxta hujjatlar bermoqda. Bu haqda Ukraina Qurolli kuchlarining Facebook sahifasida e’lon qilindi.

Qayd etilishicha, Rossiya Ukrainaga qarshi urushda ishtirok etayotgan Shimoliy Koreya askarlariga ularning frontdagi mavjudligini yashirish uchun soxta guvohnomalar bermoqda. Bu hujjatlarda ularning yashash joyi sifatida Tuva Respublikasi ko‘rsatilgan, lekin koreys tilidagi shaxsiy imzolar qo‘yilgan.

Bayonotga ko‘ra, Shimoliy Koreya askarlari Rossiyaning Kursk viloyatidagi janglarda qatnashgan.

“Bu harbiy guvohnomalarda muhrlar, fotosuratlar yo‘q. Otasining ismi ruscha ko‘rsatilgan, tug‘ilgan joy esa Tuva Respublikasi sifatida qayd etilgan”, deyiladi bayonotda.

Ukraina maxsus operatsiyalar kuchlari rossiyaliklarning bunday choralar ko‘rishini jang maydonida yo‘qotishlarni va xorijiy harbiylarning mavjudligini yashirish uchun qilayotganini taxmin qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘zining Telegram kanalida Rossiya askarlari o‘lgan shimoliy koreyaliklarning yuzlarini yoqib yuborayotganini bildirgan edi. Ukraina Prezidenti kanaliga video joylagan va unda bir necha rus askarlari shimoliy koreyalik deb aytilayotgan marhumning boshini yoqib yuborgani tasvirlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Shimoliy Koreya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing