Rossiya sharqiga superto‘fon yaqinlashmoqda

Olam

image

Yaponiya sohillariga yaqinlashib kelayotgani aytilgan “Xayshen” superto‘foni shimolroqqa, Rossiyaning sharqiy chekkasi bo‘lgan Vladivostokka tomon harakatlana boshladi.

Kecha, 6 sentyabr kuni Vladivostok meri Oleg Gumenyuk shahar aholisiga “Xayshen” super to‘foni yaqinlashayotgani sababli uydan ko‘chaga chiqmaslikni tavsiya qildi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi. 

Ta’kidlanishicha, tabiiy ofat 7 sentyabr kuni kechqurun mintaqani qamrab oladi va ertasi kuni tonggacha davom etadi. Gumenyuk shahar aholisini xavfsiz joyda o‘tirishga imkon beradigan sharoitlarni yaratishga chaqirdi. 

“Yomon ob-havo paytida bolaning yo‘qligi darsni bekor qilish kerak degani emas. Turli tashkilot va korxonalar rahbarlariga esa bu kuni o‘z xodimlarini ishga jalb etmasliklari tavsiya etiladi”, deyiladi shahar hokimi bayonotida. 

Bundan tashqari, shahar hokimi vaqtinchalik yashash joylarini tayyorlab qo‘yish va evakuatsiya qilish uchun tayyorgarlik zarurligini eslatdi.

Ma’lumot uchun, bir necha kun avval Yaponiya yaqinlashayotgan yangi to‘fonga tayyorgarlikni boshlagani xabar qilingandi. Mamlakatda 600 ga yaqin ichki reyslar qoldirildi. Bundan tashqari, 500 mingdan ortiq odamni evakuatsiya qilish buyurildi.

Rushanabonu Sultonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya to'fon

Baholaganlar

294

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing