Rossiya Sanoat va savdo vaziri Mirziyoyev qabulida bo‘ldi

Jamiyat

image

Bugun, 25 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasida ishtirok etish uchun Rossiya delegatsiyasi boshchiligida mamlakatda bo‘lib turgan Rossiya Federatsiyasi sanoat va savdo vaziri Denis Manturovni qabul qildi.

Oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston-Rossiya amaliy hamkorligini yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

O‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish, investitsiya dasturlarini amalga oshirish va yangi mahalliylashtirish loyihalarini ilgari surish, ikki mamlakat hududlari kooperatsiyasi uchrashuvning asosiy mavzusi bo‘ldi.

Mashinasozlik, metallurgiya, qishloq xo‘jaligi, yengil sanoat, kimyo va farmatsevtika tarmoqlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Shu munosabat bilan shu kunlarda Toshkent shahrida o‘tayotgan sanoat ko‘rgazmasi doirasidagi ishbilarmonlik tadbirlarining samarali natijalari mamnuniyat bilan qayd etildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

254

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing