Rossiya sanksiyalarni Qozog‘iston orqali chetlab o‘tmoqda – “Der Spiegel”

Olam

image

Rossiya sanksiyalarni chetlab o‘tib, Qozog‘iston orqali har oy millionlab dollarlik dronlar va mikroelektronika mahsulotlari sotib olmoqda. Bu haqda “Der Spiegel” xabar berdi. 

Aniqlanishicha, Rossiyaning asosiy dron yetkazib beruvchilaridan biri, Qozog‘istonning “Aspan arba” kompaniyasi Ukraina urushi boshlanganidan so‘ng tashkil etilgan. Uning Rossiyadagi asosiy buyurtmachisi Moskvaning “Nebesnaya mexanika” kompaniyasi bo‘lib, ikkala kompaniyaning egasi bir kishi ekani ma’lum bo‘lgan. 

“Nebesnoy mexaniki”ning xaridorlari orasida Qurolli mojarolar faxriylari federatsiyasi – “Ris”, Kamchatka mintaqaviy urush va mehnat faxriylari kengashi, shuningdek, Rossiya harbiylari savdo qiladigan Ozon do‘koni ham bor.

Ma’lumotlarga qaraganda, Federal xavfsizlik xizmati, razvedka va Mudofaa vazirligiga elektronika vositalari ishlab chiqarish uchun butlovchi qismlar Rossiyaga ko‘p miqdorda “Stek” kompaniyasi tomonidan olib kelinadi. U esa Qozog‘istonning Da Group 22 kompaniyasidan nemis chiplarini sotib oladi. “Stek”, Da Group 22 va nemis distribyutorining egalarini ham bir oila a’zolari tashkil qiladi. 

Umuman olganda, tergov mualliflarining ta’kidlashicha, urush boshlanganidan keyin Qozog‘istonga mikroelektronika importi ikki baravar ko‘paygan — 35 million dollardan 75 million dollargacha. Qozog‘istondan Rossiyaga mikrosxemalar eksporti esa 248 ming dollardan 18 million dollargacha oshgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Qirg‘iziston kompaniyasiga Rossiyaning sanksiyalarni aylanib o‘tishida ko‘maklashgani uchun sanksiya qo‘llagani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Qozog'iston sanktsiyalar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing