Rossiya samolyoti favqulodda Urganchga qo‘ndi
Olam
−
11 yanvar 2022
13810Moskva — Qarshi reysini amalga oshirayotgan Rossiyaning “S7 Airlines” aviakompaniyasi samolyoti yo‘lovchilardan birining tobi qochgani sabab favqulodda Urganchga qo‘ndi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 11 yanvar kuni soat 01:42 da Rossiyaning “S7 Airlines” aviakompaniyasining Moskva — Qarshi yo‘nalishida SB-I3313 reysini amalga oshirayotgan samolyoti Urganch aeroportiga favqulodda qo‘nishni amalga oshirgan.
Samolyotning favqulodda qo‘nishiga yo‘lovchilardan biri — Tojikiston fuqarosining tez tibbiy yordamga muhtojligi sabab bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, erkak kishi ko‘richak xurujida shubha qilingan. Ekipaj samolyotni eng yaqin aeroportga qo‘ndirishga qaror qilgan.
Samolyot esa soat 02:31 da Qarshiga uchgan.
LiveBarchasi