Rossiya Polshadagi elchisiga qilingan hujum yuzasidan jinoiy ish ochdi

Olam

image

Rossiya Tergov qo‘mitasi 9 may kuni Rossiyaning Polshadagi elchisi Sergey Andreyevga qilingan hujum yuzasidan jinoiy ish ochdi. Bu haqda TASS xabar berdi.

“Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasi mamlakatning Polshadagi elchisiga qilingan hujum bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, Tergov qo‘mitasi xodimlari hujumchilarning harakatlarini xalqaro himoyadan foydalanadigan shaxslarga va ularning xizmat avtomashinalariga nisbatan xalqaro munosabatlarni murakkablashtirish maqsadida sodir etilgan hujum sifatida baholab, Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atgan. 

Qo‘mitaning fikricha, Ukraina fuqarosi Irina Zemlyana va noma’lum shaxslar sodir bo‘lgan voqea uchun javobgardir: ular nafaqat elchiga qizil suyuqlik sepib, balki diplomatning ko‘zoynagi, Georgiy lentasini va rasmiy shaxsning ro‘yxatga olish belgilarini ham yulib olgan.

“Natijada, bu harakatlar xalqaro munosabatlarni murakkablashtirish maqsadida (Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 360-moddasi 2-qismi) xalqaro himoyadan foydalanadigan shaxslarga va ularning xizmat vositalariga hujum qilish sifatida baholanadi”,  deyiladi boshqarma xabarida.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 9 may kuni Rossiyaning Polshadagi elchisi Varshavaning Jvirki va Vigura ko‘chalarida joylashgan sovet askarlarining harbiy yodgorlik qabristoniga gul qo‘yishga kelgan vaqtida bir guruh shaxslar tomonidan unga qizil rangli bo‘yoqlar uloqtirildi. Politsiya aralashuvi bilangina diplomatik missiya vakillari mashinasiga yetib olib, voqea joyini tark etdi.

Rasmiy Moskva Rossiyaning Polshadagi elchisi Sergey Andreyevga uyushtirilgan hujum va gulchambar qo‘yish marosimining uzilishi munosabati bilan Varshavaga keskin norozilik bildirdi.

“9 may kuni ekstremistlar politsiyaning to‘liq harakatsizligi bilan Varshavadagi Sovet askarlari qabristoniga gul qo‘yish marosimini to‘xtatib, Rossiya Federatsiyasining Polshadagi elchisi Sergey Andreyev va diplomatik korpusning boshqa xodimlariga nisbatan zo‘ravonlik qo‘llashdi. Polsha hukumatiga neonatsist bezorilarni qo‘llab-quvvatlagani uchun qattiq norozilik bildirildi”, deyiladi TIV bayonotida.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

201

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing