Rossiya oltinlarini “yashirib qo‘ymoqchi”

Olam

image

Davlat Dumasi deputatlari Rossiyaning oltin va valyuta zaxiralari hajmi haqidagi ma’lumotlarni davlat siri deb tan olishga imkon beruvchi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi.

“Davlat siri to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish kiritish taklifi iyun oyi boshida Rossiya hukumati tomonidan parlamentga kiritilgan edi. Tushuntirish xatida ta’kidlanishicha, “xorijiy davlatlarning nodo‘stona xatti-harakatlari munosabati bilan” Rossiya Federatsiyasining oltin zaxiralari haqidagi ma’lumotlar “do‘st bo‘lmagan xorijiy davlatlar”dan himoyalangan bo‘lishi kerak.

Kecha, 21 iyun kuni “Reuters” manbalari oltinga qarshi sanksiyalar YeIning Rossiyaga qarshi navbatdagi, yettinchi cheklovlar paketiga kiritilishi mumkinligini xabar qilgandi.

Rossiya Moliya vaziri o‘rinbosari Aleksey Moiseyev chorshanba kuni Rossiya oltin zaxiralari mamlakat ichida saqlanayotganini, ularning hajmi faqat ortib borayotganini va ular xorijga eksport qilinmaganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, rus oltinlari ikki joyda saqlanadi: Uralda va “bu yerda, Moskvaga yaqinroq” joyda.

Ukraina bilan urush boshlanishidan oldin, 2022 yil 18 fevralda Rossiyaning oltin-valyuta zaxiralari hajmi tarixiy maksimal darajaga yetdi va 643,2 milliard dollarni tashkil etdi. Markaziy bank statistikasiga ko‘ra, 10 iyun holatiga ko‘ra, Rossiyaning xalqaro zaxiralari 594,6 milliard dollarga baholangan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya hukumati oltindan avval byudjet daromadlarini ham maxfiylashtirishga qaror qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

oltin

Baholaganlar

394

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing