Rossiya Ochiq osmon shartnomasidan chiqishini e’lon qildi

Olam

image

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi mamlakatning Ochiq osmon shartnomasidan chiqish tartibi boshlanganini e’lon qildi.

"Yangi sharoitda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Rossiya Federatsiyasining Ochiq osmon shartnomasidan chiqib ketishi bo‘yicha ichki protseduralar boshlanganini e’lon qilish huquqiga ega. Ular tugagandan so‘ng depozitariylarga tegishli bildirishnoma yuboriladi", deyilgan TIV bayonotida.

Ochiq osmon shartnomasi 1992 yil 24 martda Xelsinkida Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotiga (YeXHT) a’zo 23 ta davlat vakillari tomonidan imzolangan.

2020 yil 22 noyabr kuni AQSH Ochiq osmon shartnomasidan chiqish tartibini yakunlagan. Rasmiy Vashington o‘zining xatti-harakatini Rossiya tomoni kelishuv shartlarini bajarmayotgani bilan izohlagan.

Ochiq osmon shartnomasidan chiqish tartibi boshlanganini e’lon qilgan Rossiya qolgan ishtirokchilar kelishuvlarni amalga oshirishda davom etishi uchun harakat qilishini bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

508

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing