Rossiya “nodo‘st” davlatlar ro‘yxatini tuzdi. Putin kimni o‘ziga dushman deb biladi?
Olam
−
12 aprel 2023
33585Rossiya “do‘stona bo‘lmagan davlatlar” ro‘yxatiga 49 mamlakatni kiritdi. Bu haqda “Meduza” xabar berdi.
Nashrning yozishicha, “do‘stona bo‘lmagan davlatlar” tushunchasi Rossiya qonunchiligida 2018 yilda paydo bo‘lgan. Dastlab bu maqom faqat ikki davlat – Chexiya va AQSHga berilgan edi. Sababi o‘shanda ular Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritib, rus diplomatlarini chiqarib yuborgan.
Bildirilishicha, 2022 yilda “do‘stona bo‘lmagan davlatlar” ro‘yxati keskin kengaydi: Yevropa Ittifoqi davlatlari, NATO davlatlari (Turkiyadan tashqari), ularning dunyoning boshqa qismlaridagi ittifoqchilari.
“Kimni “dushman” deb hisoblash va unga qarshi qanday choralar ko‘rishni Prezident (Vladimir Putin) hal qiladi”, deyiladi xabarda.
Nashrga ko‘ra, “dushmanlar” ro‘yxatini tuzish odatda xavfli ish hisoblanadi. Bu xalqaro siyosatda qabul qilinmaydi. Misol uchun, Qo‘shma Shtatlarda “terrorizmni qo‘llab-quvvatlovchi davlatlar”ning rasmiy ro‘yxati mavjud. Bu Davlat departamenti tomonidan tuziladi va unda bo‘lgan davlatlar eng qattiq cheklovlarga duchor bo‘ladi.
Amerika ro‘yxatining Rossiya ro‘yxatidan eng muhim farqi shundaki, cheklovlar “xudbinlik” (“bizni sevmaydiganlar”) asosida emas, balki “jahon hamjamiyatiga xavf tug‘diradigan”larga nisbatan qo‘llaniladi.
Rossiya uchun “do‘st bo‘lmagan davlatlar” ro‘yxati: Avstraliya, Albaniya, Andorra, AQSH, Bahama orollari, Buyuk Britaniya, Yevropa ittifoqi, Islandiya, Kanada, Lixtenshteyn, Mikroneziya, Monako, Yangi Zelandiya, Norvegiya, Janubiy Koreya, San-Marino, Shimoliy Makedoniya, Singapur, Tayvan, Ukraina, Chernogoriya, Shveysariya, Yaponiya.
LiveBarchasi