Rossiya NATOga o‘z muammolari bilan shug‘ullanishni maslahat berdi

Olam

image

Avvalroq NATO Rossiyani tajovuzkor xatti-harakatlarda ayblagani haqida xabar berilgandi. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi vakili Mariya Zaxarova NATO Bosh kotibi Yens Stoltenbergning ushbu bayonotini izohlar ekan, alyansni avvalo o‘z muammolarini hal qilishga chaqirdi.

“Siz o‘z a’zo davlatlaringiz ichidagi muammolar bilan shug‘ullaning. Ular shoshilinch aralashuvni talab qiladi: vaksinatsiya, inqiroz, NATO mamlakatlaridagi inson huquqlari”, deydi diplomat.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq NATO Bosh kotibi Rossiyani qo‘shni Ukraina, Gruziya va Moldovadagi vaziyatni beqarorlashtirganlikda, shuningdek Bolqon mamlakatlari ichki ishlariga aralashishga urinishda ayblagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

247

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing