Rossiya Mudofaa vazirligi Tinch okean flotining mashg‘ulotlari boshlanganini e’lon qildi
Olam
−
05 iyun 2023
6495Tinch okean floti Yapon va Oxot dengizida harbiy mashg‘ulotlarni boshladi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi Telegram-kanalida xabar berildi.
Flot kuchlari guruhining mashg‘ulotlariga 60 dan ortiq harbiy kema, dengiz aviatsiyasining 35 ga yaqin samolyotlari, qirg‘oq qo‘shinlari va 11 mingdan ortiq harbiy xizmatchilar jalb etilgan.
Mashqlar 5—20 iyun kunlari flot qo‘mondoni admiral Viktor Liina boshchiligida o‘tkaziladi. Mashg‘ulotlar davomida harbiy-dengiz taktik guruhlari dengiz aviatsiyasi bilan birgalikda dushmanning soxta suv osti kemalarini qidirish va kuzatish, jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlarini bajarish, kema otryadlarining havo hujumidan mudofaasini tashkil etish bo‘yicha ishlarni amalga oshiradi.
Bu kabi mashg‘ulot joriy yilda avval ham o‘tkazilgan edi. 20 aprel kuni Mudofaa vazirligi Tinch okean flotining bir hafta oldin boshlangan to‘satdan tekshiruvi yakunlanganini e’lon qildi. Harbiy kemalar ekipajlari Yapon, Oxot va Bering dengizi hududlarida dushmanning raketa zarbalarini qaytarish va dushman suv osti kemalarini yo‘q qilish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazdi. Bundan tashqari, rus harbiylari janubiy Kuril orollari va Saxalinga soxta dushmanning desantini qaytarishni mashq qildi.
LiveBarchasi