Rossiya Mudofaa vazirligi ob’ektlarini suratga olgan juftlik uzoq muddatga qamaldi
Olam
−
30 iyul 6070 1 daqiqa
Moskva shahar sudi 38 yoshli Valeriya Egorovani 17 yilga umumiy rejimdagi koloniyaga va uning turmush o‘rtog‘i, 42 yoshli Pavel Korotichni 15 yilga qattiq tartibli koloniyaga hukm qildi. Ular davlatga xiyonatda aybdor deb topildi. Bu haqda kecha, 29 iyul kuni “Mediazona” xabar berdi.
Ayblovga ko‘ra, 2023 yil may oyida Egorova Ukraina razvedkasi vakili bilan bog‘langan va u unga Moskva shahri va viloyatidagi “Rossiya armiyasi ob’ektlari haqida ma’lumot to‘plash” vazifasini bergan. Ayblov xulosasiga ko‘ra, Egorova “bino fasadlari, to‘siqlari, identifikatsiya plitalari”, shuningdek, Rossiya harbiy muassasalari xodimlarini suratga va videoga olgan. Mukofot sifatida “kurator” unga kriptovalyuta bilan 240 dollar to‘lagan.
Korotich, prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, Egorovani avtomashinada u suratga olayotgan “Mudofaa vazirligi ob’ektlari”ga olib borgan va “atrofni kuzatgan”.
Bundan tashqari, Valeriya Egorova pul yuvishda (kriptovalyutani naqdlashtirganlik uchun) va giyohvand moddalarni saqlashda aybdor deb topildi – u go‘yoki 0,3 gramm amfetamin qop bilan topilgan. Prokuratura giyohvand moddalar qayerda saqlangani va qanday sharoitda olib qo‘yilganiga aniqlik kiritmagan.
Egorova va Korotich 2024 yil 1 martda hibsga olinib, tergov hibsxonasiga joylashtirildi.