Rossiya Mudofaa vazirining 5 o‘rinbosari AQSH “qora ro‘yxati”ga kiritildi

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi tufayli Rossiyaga qarshi kiritilgan sanksiyalarni kengaytirdi. Bu haqdagi tegishli bayonot kecha, 30 oktyabr kuni AQSH Moliya vazirligi tomonidan e’lon qilindi.

Qayd etilishicha, cheklovlar 32 jismoniy shaxs va 360 dan ortiq kompaniyalarga tegishli. “Qora ro‘yxat”ga kiritilganlar orasida Rossiya Mudofaa vazirining besh o‘rinbosari – Anna Sivileva, Aleksandr Fomin, Pavel Fradkov, Viktor Goremikin va Andrey Buliga ham bor.

Ro‘yxatda jami 32 kishi bor – Rossiya, Belarus, Xitoy, Hindiston, Turkiya, Shveysariya va Chili fuqarolari.

Ro‘yxatga yuridik shaxslar ham kiradi, ular orasida shinalar ishlab chiqaruvchi “Kordiant” (oktyabr oyi boshida milliarder Aleksey Mordashovning “Severgrupp” tomonidan sotib olingan), “Mordoviyaning uchuvchisiz texnologiyalari”, “Arsenal” ilmiy-texnika markazi, Kolomna zavodi, Rossiya havo transporti laboratoriyasi, Moskva aviatsiya instituti, “Rosatom” davlat kompaniyasining “shu’ba korxonalari” – “Rosatom Sifroviye resheniya” va “Rosatom mikroelektronika”.

“Qo‘shma Shtatlar hozirda 400 ga yaqin tashkilot va shaxslarga nisbatan sanksiyalar joriy qilmoqda. Bu qaror Rossiyaning harbiy sa’y-harakatlari uchun muhim bo‘lgan bir qancha sohalarga mo‘ljallangan”, dedi Davlat kotibi Entoni Blinken.

Uning aytishicha, gap Rossiyaning mudofaa va energetika sohalari haqida ketyapti.

AQSH moliya vazirligi bayonotida qayd etilishicha, sanksiyalar Rossiya harbiy-sanoat kompleksi uchun texnologiya va tovarlar yetkazib beruvchilarga qaratilgan bo‘lib, avvalroq kiritilgan cheklovchi choralarni chetlab o‘tishni qiyinlashtirishga qaratilgan.

“Qo‘shma Shtatlar va uning ittifoqchilari Rossiyaga Ukrainaga qarshi urush uchun zarur bo‘lgan muhim vositalar va texnologiyalar oqimini to‘xtatish uchun butun dunyo bo‘ylab qat’iy choralar ko‘rishda davom etmoqda”, dedi Moliya vaziri Uolli Adeyemo.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing