Rossiya migrantlarga 30 foizgacha daromad solig‘i joriy qilmoqchi
Jamiyat
−
07 avgust
8939Rossiyada migrantlar uchun shaxsiy daromad solig‘ini 30 foizgacha oshirish taklif qilinmoqda. Bu haqda “Izvestiya” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, qonun loyihasining konversiyasi xorijiy fuqarolarga nisbatan soliq tizimining asosiy parametrlarini qayta ko‘rib chiqish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi muammolarni hal qilish uchun Rossiya Federatsiyasi byudjet tizimining daromadlarini oshirish zarurligiga qaratilgan.
Mazkur qonun loyihasi Rossiya Liberal-demokratik partiyasi (LDPR) raisi Leonid Slutskiy boshchiligidagi LDPR fraksiyasi tomonidan tayyorlangan va 5 avgust kuni tasdiqlash uchun hukumatga yuborilgan.
Ta’kidlanishicha, birgina 2022 yil davomida Rossiya Federatsiyasida ishlash uchun ruxsatnoma olgan xorijiy fuqarolar soni 2 164,6 ming kishini tashkil etgan, ulardan 2 035 000 nafari mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun patentga ega bo‘lgan. 2023 yilda ham shunday ko‘rsatkich qayd etilgan.
“Mehnat muhojirlari ham Rossiya fuqarolari bilan birdek soliq to‘lashi kerak. Rossiya Federatsiyasi Soliq kodeksining 224-moddasi 3-bandiga muvofiq, Rossiyada soliq rezidenti bo‘lmagan jismoniy shaxslar tomonidan olingan barcha daromadlar uchun 30 foiz soliq stavkasi nazarda tutilgan. Patent asosida haq to‘lanadigan mehnat faoliyati bilan shug‘ullanadigan chet el fuqarolarining daromadlari ushbu me’yorning talablariga rioya qilmaydi”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, Leonid Slutskiy muhojirlarning deyarli uchdan ikki qismi patent asosida yollanma ishchi sifatida ishlashini shuningdek, topgan pullarini xorijdagi oilasiga jo‘natishini, ammo chet ellik muhojirlarning daromadi Rossiya byudjeti uchun ishlashi kerakligini ta’kidladi.
LiveBarchasi