Rossiya mamlakatdagi 11 ta aeroportda parvozlarni cheklash rejimini yana uzaytirdi
Olam
−
07 Oktabr 2022
6026Rossiya Federatsiyasining janubiy va markaziy qismidagi 11 ta aeroportda parvozlarni cheklash rejimi 16 oktyabrga qadar uzaytirildi. Bu haqda bugun, 7 oktyabr Rossiya Federatsiyasi havo transporti federal agentligi (Rosaviatsiya) saytidagi xabarda aytildi.
“Rossiyaning 11 ta aeroportida parvozlarni vaqtincha cheklash rejimi 2022 yil 16 oktyabr, Moskva vaqti bilan 03:45 gacha uzaytirildi”, deyiladi xabarda.
Anapa, Belgorod, Bryansk, Voronej, Gelendjik, Krasnodar, Kursk, Lipetsk, Rostov Don, Simferopol va Elista aeroportlariga parvozlar vaqtincha cheklandi.
Rossiya aviakompaniyalariga Sochi, Volgograd, Mineralniye Vodi, Stavropol va Moskva aeroportlaridan foydalangan holda muqobil yo‘nalishlarda yo‘lovchilarni tashishni tashkil etish tavsiya etiladi.
Rossiya Federatsiyasining qolgan aeroportlari normal rejimda ishlamoqda.
LiveBarchasi