Rossiya maxsus kuchlari Ukraina foydasiga josuslik qilgan fuqaroni hibsga oldi

Olam 3760
image

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) xodimlari Qora dengiz floti haqidagi maxfiy ma’lumotlarni Ukraina razvedkasiga jo‘natishda gumon qilinayotgan rossiyalik fuqaroni hibsga oldi. Bu haqda FXX Matbuot xizmati xabar berdi.

Maxfiy xizmat ma’lumotlariga ko‘ra, hibsga olingan shaxs “aniq maqsadda” davlat siri hisoblanuvchi ma’lumotlarni to‘plagan va Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasiga topshirgan.

Ushbu ma’lumotning tarqalishi “davlatning mudofaa qobiliyatiga zarar yetkazishi mumkin”, deb hisoblaydi FXX.

Xabarga ko‘ra, gumonlanuvchi 2 oyga ehtiyot chorasi sifatida hibsga olingan va unga nisbatan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 275-moddasi bilan davlatga xiyonat qilish bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ushbu modda 12 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum etishni nazarda tutadi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Federal xavfsizlik xizmati Ukrainaning Sankt-Peterburgdagi Bosh konsulligi yetakchisi Aleksandr Sosonyukni qo‘lga olgandi. U Rossiya huquqni muhofaza qilish idoralari va FXX ma’lumotlari bazasidan maxfiy axborotlarni olgani uchun ushlangan.

Bokirxon Qosimxonov

.
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 114
Reyting: 2.9
t
×