Rossiya Lochin yo‘lagidan uzoqlashmoqda – Pashinyan
Olam
−
03 Sentabr 2023 13962 1 daqiqa
Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Rossiya Janubiy Kavkazdan uzoqlashayotganini aytdi. Bu haqda u Italiyaning “La Repubblica” gazetasiga bergan intervyusida gapirib o‘tgan.
“Biz Rossiyaning o‘zi qadamlari yoki ko‘rmagani tufayli mintaqani tark etayotganini ko‘ryapmiz”, deydi Pashinyan.
Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya tinchlikparvar kuchlari nazorati ostida bo‘lishi kerak bo‘lgan Lochin yo‘lagi Rossiya nazorati ostida emas.
“Ikkita sabab bo‘lishi mumkin: yo Rossiya Federatsiyasi Lochin yo‘lagi ustidan nazoratni saqlab qola olmaydi yoki xohlamaydi”, deydi Pashinyan.
Avvalroq Rossiya Tashqi ishlar vazirligi vakili Mariya Zaxarova Lochin koridoridagi beqarorlik bilan bog‘liq vaziyatda rossiyalik tinchlikparvar kuchlarni ayblash noto‘g‘ri ekanini ma’lum qilgan.
Ma’lumot uchun, Lochin yo‘lagi Armanistonni Qorabog‘ bilan bog‘laydigan yagona yo‘ldir. Joriy yilning 11 iyul kuni Ozarbayjon Lochin chegara punkti faoliyatini to‘xtatgan. Bunga Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasiga qarashli avtomashinalar orqali kontrabandaning takroriy olib o‘tilishiga urinishlar sabab qilib ko‘rsatilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 16 avgust kuni AQSH raisligida BMT Xavfsizlik Kengashining Qorabog‘ masalasidagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan, biroq yig‘ilish so‘ngida hech qanday rezolyutsiya yoki qo‘shma deklaratsiya qabul qilinmagandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025