Rossiya Litvaning kislorodini bo‘g‘ib qo‘yadi – Medvedev 

Olam

image

Rossiya Litva Kaliningradga tranzit taqiqlab qo‘yganiga javob choralarini ko‘radi, ular juda qattiq bo‘ladi. Litvaga, hattoki, kislorod kirishi to‘sib qo‘yiladi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi rahbari o‘rinbosari Dmitriy Medvedev aytib o‘tdi.

"Tabiiyki, Rossiya javob choralarini ko‘radi va ular juda qattiq bo‘ladi. Hozircha aynan qanday chora ekanini aytmayman. Imkoniyatlar ko‘p, ularning katta qismi iqtisodiy xususiyatga ega va Boltiqbo‘yi qo‘shnimizga, dushman sifatida harakat qilganlarga mamlakatiga qislorod kirishi to‘sib qo‘yiladi”, deydi u.

Medvedev Litvaning Kaliningrad viloyatiga yuklar tranzitini cheklash haqidagi qarorini “G‘arb Rossiyaga qarshi boshlagan urushning bir qismi” deb atagan. Shuning uchun Moskvaning javobi assimetrik bo‘lishi mumkin.

“Assimetrik choralarni qo‘llash imkoniyati ham mavjud, bu, albatta, mojaroning keskinlashishiga olib keladi. Bunday keskinlashuv yomon tanlovdir. Chunki Litvaning oddiy fuqarolari bundan aziyat chekadi, shundoq ham ularning turmush darajasi yaxshi emas, balki Yevropa standartlari bo‘yicha – tilanchilarnikidek. 

Vilnyus yoki Kaunas aholisidan bunday choralar haqida nima deb o‘ylashlarini so‘rang va siz juda diplomatik bo‘lmagan oddiy hamda to‘g‘ri javob olasiz. Litva siyosatchilari Yevropaga iltifot ko‘rsatmoqdalar va fuqarolar bu bema’nilik teatrida qandaydir tarzda omon qolishga harakat qilmoqda”, deydi u. 

Eslatib o‘tamiz, Litva Yevropa Ittifoqi sanksiyalariga kiritilgan mahsulotlarni o‘z hududi orqali Rossiyaning Kaliningrad viloyatiga tranzit qilishni cheklab qo‘ydi. Bunga Rossiya TIV tahdidnamo munosabat bildirgandi.

Shundan so‘ng, AQSH Davlat departamenti matbuot kotibi Ned Prays Vashington “Litvaga tahdidlarni” jiddiy qabul qilishini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar “NATO bo‘yicha ittifoqdoshlari, xususan, Litva himoyasi uchun tayyor, Vashingtonning NATOga oldidagi majburiyati va 5-modda, ya’ni “biriga hujum hammaga hujum demak” tamoyili, temirdek mustahkam va bu ritorik ko‘rsatkich emas”.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

693

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing