Ukrainada Rossiya uyushtirgan raketa hujumi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi
Olam
−
28 iyun 2023 8116 1 daqiqa
Ukrainaning Donetsk viloyati Kramatorsk shahriga Rossiya armiyasi tomonidan raketa uchirilishi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi, 61 kishi jarohatlandi. Bu haqda Ukraina Ichki ishlar vazirligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida xabar berildi.
Aytilishicha, snaryadlar shahar markazidagi umumiy ovqatlanish shoxobchasi binosiga tushgan.
“Soat 11:30 holatiga ko‘ra, 8 kishi halok bo‘ldi, ulardan 3 nafari bola, 56 kishi yaralandi”, deyiladi xabarda.
Bildirilishicha, hozirda vayronalar tozalanmoqda. U yerda ham odamlar bo‘lishi mumkin.
Live
Barchasi