Rossiya koronavirusga qarshi saqich ishlab chiqarmoqchi

Olam

image

Rossiya Mudofaa vazirligi Markaziy ilmiy-tadqiqot instituti (MITI) COVID-19 koronavirus infeksiyasiga qarshi saqich shaklida dori ishlab chiqarish ustida ish olib bormoqda. Bu haqda mahalliy RBC nashri yozmoqda.

Ma’lum qilinishicha, loyiha ustida Mudofaa vazirligining 48-markaziy tadqiqot instituti ish olib bormoqda. Ilgari ushbu harbiy institut Gamalei nomidagi tadqiqot markazi bilan birgalikda koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasini yaratishda ishtirok etgan.

Markaziy tadqiqot instituti direktori, polkovnik Sergey Borisevich ushbu yo‘nalishda ishlar olib borilayotganini tasdiqlagan. 

Xabarga ko‘ra, institut mutaxassislari saqich shaklidagi tabletka va pastilalar ko‘rinishida COVID-19 ga qarshi mukozal vaksina ishlab chiqish ustida tadqiqot olib bormoqda.

“Sinovlardan so‘ng preparat koronavirus infeksiyasini davolash va oldini olish uchun turli xil rejimlarga kiritiladi”, deydi mutaxassislar.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyada so‘nggi kunlarda koronavirus tarqalishi avjiga chiqyapti. Jumladan mamlakat poytaxti Moskvada antirekord o‘rnatilgan. 19 iyun kuni yangi 17906 ta virusga chalinish holatlari aniqlangan va kasallik yuqtirishning umumiy soni 5 299 215 taga yetgan. Ayni vaqtda Rossiya ushbu virusni yuqtirish bo‘yicha butun dunyo davlatlari orasida oltinchi o‘rinda bormoqda. Birinchi uchtalikda esa AQSH, Hindiston va Braziliya qayd etilgan.

Ma’lumot o‘rnida, Rossiya o‘z vaksinasiga ega kam sonli davlatlardan hisoblanadi. Ushbu mamlakatda “Sputnik V“, “Epivakkorona“, “Kovivak“, “Sputnik Layt” nomli 4 ta vaksina ishlab chiqarilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

87

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing