Rossiya koronavirus bo‘yicha yangi talablar joriy qilmoqda

Olam

image

Endilikda, jamoat joylariga borayotgan Rossiya fuqarolari o‘zi bilan koronavirusga qarshi emlanganlik haqida sertifikat olib yurishi kerak. Mazkur qoida qayd etilgan qonun loyihasi bugun, 16 dekabr kuni Parlament majlisida birinchi o‘qishdayoq qabul qilindi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Vazirlar Mahkamasining ma’lum qilishicha"Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida"gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishlar balog‘at yoshidagi Rossiya fuqarolarining endilikda ommaviy tadbirlarda ishtirok etishi, umumiy ovqatlanish va savdo majmualariga tashrif buyurishiga imkon beradi. Buning uchun fuqarolardan, Koronaviruvga qarshi emlanganlik yoki yaqinda undan tuzalganlikni anglatuvchi QR-kodli sertifikatlar talab etiladi.

Qonun loyihasida qayd etilishicha, rossiyaliklar jamoat joylariga tashrif buyurish uchun virusga qarshi emlanganlik haqida sertifikat yoki PZR test nusxasini taqdim etishlari kerak. PZR testlar natijasi orqali jamoat joylariga kirishga ruhsat berish muddati 2022 yil 1 fevralga qadar etib belgilanmoqda. 1 fevraldan so‘ng esa faqat vaksina olganlik haqidagi QR-kodli sertifikat amalda bo‘ladi.

Jamoat joylariga tashrif buyurishda fuqarolardan emlanganlik haqidagi sertifikatni majburiy talab etish muddati 2022 yil 1 iyulga qadar etib belgilanmoqda. Rossiya Federatsiyasi Bosh vazirining o‘rinbosari Tatyana Golikovaning so‘zlariga ko‘ra, qonun chet el fuqarolariga taaluqli emas. Xorijiy mamlakat fuqarolari uchun PZR test natijasini taqdim etishning o‘zi kifoya.

Qayd etilishicha Davlat Dumasi tomonidan ma’qullangan qaror loyihasi kuchga kirishidan avval xalq muhokamasiga qo‘yiladi. Muhokamalar natijasiga ko‘ra, unga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritiladi.

Davlat Dumasining Xavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha profil qo‘mitasi vakili Vasiliy Piskarev qonunning yil oxiriga qadar kuchga kirishiga erishish imkonsiz ekanini bildirgan. Unga ko‘ra qonun loyihasi Dumaga ikkinchi o‘qishga kiritilishidan avval bir oy mobaynida xalq muhokasaidan o‘tishi kerak.

Behruz Saidov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

169

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing