Rossiya xorij fuqarolarini Ukrainaga borishdan ogohlantirdi

Olam

−

image

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi xorij fuqarolarini, jumladan, diplomatik missiyalar xodimlarini Ukrainada bo‘lishdan va uning hududiga safar qilishdan ogohlantirdi. Bu haqda idora saytida e’lon qilingan bayonotda aytiladi.

Rossiya tashqi siyosat idorasi ushbu ogohlantirish mamlakat Qurolli kuchlari tomonidan Kiyev va Ukrainaning boshqa shaharlaridagi harbiy ahamiyatga ega ob’ektlarga zarbalar berish davom ettirilayotgani bilan bog‘liqligini izohlagan.

“Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlari ommaviy qasos zarbalarini berishni davom ettiradi”, deyiladi xabarda.

Kiyevda bo‘lib turgan xorijliklarga shaharni tark etish tavsiya etilgan, Ukraina aholisi esa harbiy va ma’muriy infratuzilma ob’ektlariga yaqinlashmaslikka chaqirilgan.

TIV hamma ham ogohlantirishlarga quloq tutmasligini urg‘ulagan va “yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlar uchun mas’uliyat to‘liq ushbu ogohlantirishni e’tiborsiz qoldirayotganlar zimmasiga tushadi”, deb bayon etgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 25 mayida Rossiya TIV xuddi shunday ogohlantirish bilan chiqqan edi. O‘shanda ushbu ogohlantirishga Rossiya Mudofaa vazirligining Ukraina tomonidan LXR hududidagi Starobelsk pedagogika kollejiga berilgan zarbasiga javoban “Kiyevdagi Ukraina harbiy-sanoat majmuasi korxonalariga muntazam va tizimli zarbalar berish boshlangani” haqidagi bayonoti sabab bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing