Rossiya Xitoyni ham gaz uchun to‘lovlarda o‘z shartiga ko‘ndirdi

Olam 11431
image

Rossiyaning “Gazprom” energetika xoldingi va Xitoyning CNPC neft-gaz korporatsiyasi Xitoyga gaz yetkazib berishda rubl va yuandagi hisob-kitoblarga o‘tishga kelishib oldi. Bu haqda “Gazprom”ning Telegram-kanalida xabar berildi.

Qayd etilishicha, Rossiya xoldingi rahbari Aleksey Miller va CNPC direktorlar kengashi raisi Dai Xoulyan uchrashuv chog‘ida sharqiy yo‘nalish – “Sibir qudrati” quvur liniyasi bo‘yicha gazni uzoq muddatli sotib olish va sotish bo‘yicha qo‘shimcha kelishuvlarni imzolagan.

“Xususan, Rossiya gazining Xitoyga yetkazib berilishi uchun to‘lovlarni mamlakatlar milliy valyutalari – rubl va yuanda amalga oshirishga o‘tildi”, deyiladi “Gazprom” xabarida.

Aleksey Millerning fikricha, yangi to‘lov mexanizmi o‘zaro manfaatli, ishonchli va amaliy yechim hisoblanadi. U yangi hisob-kitobga o‘tish Rossiya va Xitoy iqtisodiyotining rivojlanishiga qo‘shimcha turtki berishi hamda boshqa kompaniyalar uchun ajoyib namuna bo‘lib xizmat qilishiga ishonch bildirgan.

Ma’lumot o‘rnida, Xitoyga gazning birinchi quvur liniyasi – “Sibir qudrati” orqali gaz yetkazib berish 2019 yil oxirida boshlangan va 2020 yilda 4,1 milliard kubometrni tashkil etib, keyingi yilda ikki yarim baravar oshgan. Tomonlar 2025 yilga borib quvurning loyihaviy yillik quvvati 38 milliard kub metrga yetishini kutmoqda.

Farangiz Salimova

.
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 416
Reyting: 2.9
t
×