Rossiya Xarkovdagi posyolkaga zarba berdi. O‘nlab qurbonlar bor
Olam
−
18:46 609 1 daqiqa
Rossiya qo‘shinlari bugun, 18 avgust kuni Ukrainaning Xarkov viloyatidagi Pechenegi posyolkasiga raketa zarbasi berdi. Hujum oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi, 17 kishi jarohatlandi. Bu haqda “Ukrinform” xabar berdi.
“Bosqinchilar Pechenegiga raketa hujumi uyushtirdilar. So‘nggi xabarlarga ko‘ra, 10 kishi halok bo‘lgan va 17 kishi jarohatlangan. Ularga barcha zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda”, degan Xarkov viloyati ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, zarba oqibatida 10 ta xususiy uy, kafe, pochta bo‘limi, do‘kon hamda kamida 7 ta avtomobil zarar ko‘rgan. Hozirda favqulodda xizmatlar hujum oqibatlarini bartaraf etmoqda.
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy hujum pochta, do‘konlar va turar joylar joylashgan gavjum chorrahaga berilganini aytgan. Zelenskiy Ukraina ushbu Rossiya hujumiga “albatta javob berishini” bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, Ukraina kecha, 17 avgust kechidan bugun, 18 avgust tongigacha Moskva viloyati tomon 620 ta dron uchirgandi. Hujum oqibatida Moskva viloyatida uch kishi jarohatlanib, Wildberries kompaniyasining ombori ham shikastlangan.
Live
Barchasi