Rossiya qo‘shinlari O‘zbekistonni tark etdi
Olam
−
08 avgust 2021 10293 1 daqiqa
Rossiya harbiy xizmatchilari Afg‘oniston bilan chegarada mashg‘ulotlar tugagandan so‘ng, O‘zbekistonni tark etdi. Bu haqda Rossiya Markaziy harbiy okrugi Matbuot xizmati xabar berdi.
“Tinchlikparvarlik bo‘linmasi va Markaziy harbiy okrug maxsus kuchlari brigadasi harbiy xizmatchilari Surxondaryo viloyatidagi Termiz poligonida bo‘lib o‘tgan qo‘shma mashg‘ulotlar yakunlangach, O‘zbekiston Respublikasidan Rossiyaga qaytdi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, Rossiya va O‘zbekiston harbiy xizmatchilari Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlarining hududiy yaxlitligini ta’minlash uchun jangovar tayyorgarlik vazifalarini bajarishda o‘zaro hamkorlik qilish masalalarini ishlab chiqqan.
Qo‘shimcha qilinishicha, mashg‘ulotda Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 1,5 mingga yaqin harbiy xizmatchilari qatnashgan. Harbiy o‘quv mashg‘ulotlari joriy yilning 2 avgustidan 6 avgustigacha Afg‘oniston bilan chegaradosh hududda, harbiy texnika, shu jumladan aviatsiyani jalb qilgan holda o‘tkazilgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025