Rossiya qo‘shinlari Ugledarni o‘qqa tutdi (video)
Olam
−
25 Sentabr
6208Ukraina armiyasining nazorati ostida bo‘lgan Ugledar shahrining bir qismi kecha, 24 sentyabr kuni Rossiya Qurolli kuchlarining ko‘plab raketa tizimlari tomonidan o‘qqa tutildi. Bu haqda Rossiya harbiy blogerlari va davlat matbuoti manbalariga tayangan holda “Reuters” xabar berdi.
Nashrning yozishicha, Rossiya kuchlari Donetsk viloyatidagi frontning qariyb 150 km qismidagi muhim nuqtalarda g‘arbga qarab harakat qilmoqda. Asosiy nishon yesa Pokrovsk logistika markazi hisoblanadi. Rossiya qo‘shini hozirgi paytda Pokrovskdan 80 km janubda joylashgan Ugledar tepalik shaharchasiga kirib borayotgani ma’lum qilinadi.
Rossiya davlat matbuotidagi tasdiqlanmagan videoda urushdan oldin 14 mingdan ortiq aholiga yega bo‘lgan Ugledar kuchli artilleriya va havodan bombardimon qilingani aks etgan.
Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi kecha, 24 sentyabr kuni kechqurun e’lon qilgan hisobotida Rossiya qo‘shinlari Ugledar va unga yaqin joylashgan ikkita qishloq atrofida sakkizta hujum uyushtirgani ma’lum qilingan.
"Hozircha kuchlarimiz hujumlarning yarmini qaytardi. To‘rttasi hamon davom yetmoqda", deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, Ugledar katta strategik ahamiyatga ega hisoblanadi. U tepalikda va ikki front — sharqdagi Donetsk viloyati va janubdagi Zaporoje frontlari tutashgan nuqtada joylashgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya armiyasi Ukrainaning shimolida joylashgan Sumi shahridagi qariyalar pansionatiga zarba bergan yedi. Buning oqibatida 70 yoshli bir ayol halok bo‘lgan, yana 13 kishi jarohat olgan edi.
Sara Komiljonova
LiveBarchasi