Rossiya Qozog‘istonni o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchimi? Shoygu javob berdi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vaziri Sergey Shoygu Rossiya Qozog‘istonni o‘z tarkibiga qo‘shib olishni xohlashi haqidagi fikrni xomxayol deb atadi. Bu haqda u Qozog‘istonning “Tengrinews” nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Keling, bu haqdagi barcha xayollardan yerga tushaylik! Bizning [Qozog‘iston bilan] azaliy qardoshlik aloqalarimiz bor. Bizda o‘zaro nimanidir bo‘lishish uchun mutlaqo hech qanday sabab yo‘q”, deydi Shoygu.

U jurnalistning ba’zilar “Rossiya Qozog‘istonni o‘z tarkibiga qo‘shib olishni qat’iy niyat qilgan, deb o‘ylaydi” degan gapiga shu tarzda javob qaytardi.

Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vaziri 1998 yilda Rossiya va Qozog‘iston chegaralarni to‘liq demarkatsiya qilishni amalga oshirganini va keyinchalik chegara to‘g‘risidagi bitimni imzolaganini qo‘shimcha qildi.

2020 yilning yozida Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Nur-Sulton Moskva va Minsk bilan faol hamkorlik qilayotganini, ammo uning mamlakati Rossiya-Belarus Ittifoqi davlatiga qo‘shilish niyatida emasligini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1002

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing