Rossiya Qorabog‘dagi tinchlikparvarlik harakati xaritasini yangiladi
Olam
−
13 dekabr 2020
6006Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi saytida Tog‘li Qorabog‘dagi tinchlikni saqlash operatsiyasining yangilangan xaritasi paydo bo‘ldi.
Yangi tahrirda “Janubiy” javobgarlik zonasida sobiq Tog‘li Qorabog‘ avtonom viloyatining janubi-g‘arbiy qismida joylashgan Xintaglar (Xin Taxer) qishlog‘i mavjud.
Sulh tuzilgandan keyin Xin Taxer Armaniston nazorati ostida qoldi. Avaalroq ushbu hududda Armaniston va Ozarbayjon harbiylari o‘rtasidagi qurolli to‘qnashuvlar haqida xabar berilgan edi.
Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyanning ta’kidlashicha, Rossiya tinchlikparvar kuchlari kelganidan keyin Xintaglar (Xin Taxer) va boshqa Xsaberd qishlog‘i yaqinidagi janglar to‘xtagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu aholi punktlarining ayrim qismlari Ozarbayjon maxsus kuchlari bo‘linmalari nazoratiga o‘tgan.
Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 9 noyabr kuni Rossiya va Ozarbayjon Prezidentlari Vladimir Putin, Ilhom Aliyev hamda Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Tog‘li Qorabog‘dagi harbiy harakatlarni to‘liq to‘xtatish to‘g‘risida qo‘shma bayonotni imzoladilar.
Armaniston Mudofaa vazirligi 12 dekabr shanba kuni Ozarbayjon Qurolli kuchlari sulhni buzib, Tog‘li Qorabog‘da hujumga o‘tganini ma’lum qildi.
Bayonotga ko‘ra, hujum Eski Tog‘lar va Xsaberd aholi punktlari yo‘nalishida boshlangan. Vazirlik arman harbiylari hujumni qaytarish uchun tegishli choralarni ko‘rayotganini ta’kidlagan.
Hadrutdagi otishma bilan bog‘liq voqeadan so‘ng, Rossiya tinchlikparvar kuchlari mojaro tomonlarini sulhga to‘liq rioya qilishga chaqirdi.
Rossiya Federatsiyasida amaliy tashrif bilan bo‘lgan Armaniston Mudofaa vaziri Vagarshak Arutyunyan rossiyalik hamkasbi Sergey Shoygu bilan uchrashuvda Tog‘li Qorabog‘ning Hadrut mintaqasida o‘t ochishni to‘xtatish rejimining buzilishini muhokama qildi.
Keyinchalik, Ozarbayjon Respublikasi Mudofaa vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati bo‘layotgan voqealar yuzasidan qo‘shma bayonot berdi.
LiveBarchasi