Rossiyada qancha o‘zbekistonlik talaba o‘qishi ma’lum bo‘ldi  

Olam

image

O‘zbekiston Rossiyada tahsil olayotgan talabalar soni bo‘yicha reytingda 2-o‘rinni egalladi. Buni Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi ma’lumotlari tasdiqlaydi.

Qayd etilishicha, ayni paytda Rossiya oliy o‘quv yurtlarida 49 mingga yaqin o‘zbekistonlik tahsil olmoqda.

Rossiyadagi talabalar soni bo‘yicha birinchilikni Qozog‘iston egallagan – salkam 61 ming kishi, uchinchi o‘rinda Xitoy – 32,6 ming kishi, to‘rtinchi o‘rinda Turkmaniston – 30,6 ming, beshinchi o‘rinda esa Tojikiston – 23,1 ming talaba.

Rossiya oliy o‘quv yurtlarida o‘zbekistonlik talabalar orasida eng talabgir TOP-5 ta mutaxassislik umumiy tibbiyot, iqtisod, dasturiy injiniring, xalqaro aloqalar va stomatologiyadir.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

283

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing