Rossiya iqtisodiyoti Ukraina bosqiniga qanday aks-sado berdi?
Olam
−
24 fevral 2022
16943Rossiya harbiylari Ukrainaga hujum qilishi ortidan Markaziy bank favqulodda choralar ko‘rishi sabab rus aktivlari keskin qadrsizlandi. Investorlar esa G‘arbning 250 mlrd dollardan ortiq qiymatdagi aksiyalarni yo‘q qilgan qattiq sanksiyalariga tayyorlanmoqda. Bu haqda “Bloomberg” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, rubl qadrsizlanib, qimmatli qog‘ozlar 45 foizga tushib ketgan, bu tarixdagi rekord darajadagi pasayishdir. Rossiya suveren qarzlarining narxi keskin tushib ketgan, ularning bir qismi esa muammo holatga kelib qoldi. Mamlakat banki ko‘p yillar davomida birinchi marta valyuta bozoriga intervensiya qilishini va moliya bozorlaridagi o‘zgaruvchanlikni cheklash choralarini ko‘rishini ma’lum qilgan.
Nashrning yozishicha, Ukrainaga qilingan harbiy hujum jahon bozorlariga soya solgan va global xavf-xatarlardan qochishning yangi zarbasini keltirib chiqargan. Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukrainani "demilitarizatsiya qilish" operatsiyasini boshlaganidan so‘ng, Kreml aktivlari xalqaro miqyosda qoralandi va AQSH tomonidan Moskvaga yangi "qattiq sanksiyalar" tahdidi paydo bo‘ldi.
Rossiya markaziy banki foiz stavkalarini oshirish haqida hech qanday izoh bermagan, biroq u bir “kecha-kunduz repo auksionida” 1 trillion rubl (11,5 milliard dollar) taklif qilish orqali banklarni qo‘shimcha likvidlik bilan ta’minlashini aytgan. Siyosatchilar inflyatsiyani jilovlash uchun oxirgi 12 oy ichida bazaviy stavkani 525 bazaviy punktga oshirgandi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, EN+ (-54 foiz), Gazprom (-47,6 foiz), Detskiy Mir (-47,4 foiz), Inter RAO (-47 foiz) va LUKOYL (-46,5 foiz) kompaniyalari eng ko‘p yo‘qotishlarga duch keldi. Sberbankning oddiy aksiyalari esa 45 foizga, imtiyozli aksiyalari 28 foizga pasaydi. Aytish joizki, Germaniyada Sberbank kartalaridan foydalanish cheklandi.
Rossiyaning suveren obligatsiyalari keskin tushib ketgan, ularning ba’zilari muammoli darajaga yetgan. Ukrainaning dollar qarzi joriy yilda keskin pasayib, daromadlilikni 88 foizga oshirgan, shu bilan birga mahalliy valyuta bozori to‘xtatilgan va har kuni naqd pul olish uchun cheklovlar qo‘yilgan.
Mahalliy savdolarda rubl 9,4 foizga tushib, bir dollar uchun 89,60 ga tushgan. Valyuta opsionlari ikkinchi chorakda bir dollar 100 rublga yetishi ehtimoli 50 foizdan oshadi.
Commerzbank AG strategi Ulrix Leyxtmanning so‘zlariga ko‘ra, 1 dollarning 100 rubl qiymatga ega bo‘lishi juda sezilarli o‘zgarish emas.
LiveBarchasi