Rossiya Guterrishni BMT Nizomini buzishda aybladi
Olam
−
30 Sentabr 2022
7081Rossiyaning BMTdagi doimiy vakolatxonasi tashkilot Bosh kotibi Antoniu Guterrishning tan olinmagan DXR, LXR, Zaporoje va Xerson viloyatida o‘tkazilgan bir tomonlama “referendum”lar haqidagi bayonotini tanqid qilib, u tashkilot Nizomini buzganini iddao qildi.
Diplomatlar, agar Guterrish BMT Nizomi bilan tanish bo‘lsa, Bosh kotibni “tashkilotning bosh ma’muriy xodimi” sifatida belgilaydigan 97-modda mazmunini bilishi kerakligini ta’kidlamoqda.
“Ma’muriy funksiyalar Bosh kotibga umuman BMT nomidan siyosiy bayonotlar berish huquqini bermaydi, chunki u unga a’zo davlatlarga tegishli, Ustav normalari va Bosh Assambleya hujjatlari, jumladan, 1970 yilda BMT Nizomiga muvofiq davlatlar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar va hamkorlikka oid xalqaro huquq tamoyillari to‘g‘risidagi deklaratsiyaning yagona talqini haqida gapirmasa ham bo‘ladi”, deydi Rossiya missiyasi.
Diplomatlar, shuningdek, Guterrish o‘z bayonotlari bilan BMT Nizomining yana bir asosiy qoidasini – 100-moddani buzganini, unda Bosh kotib va Kotibiyat “faqat xalqaro tashkilot oldida mas’ul bo‘lgan xalqaro mansabdor shaxslar sifatidagi o‘z mavqeiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan har qanday harakatlardan o‘zini tiyishi shart”ligini ta’kidladi.
Ukraina masalasida Guterrish G‘arb davlatlari kabi tanlab yondoshadi va o‘zini ular bilan bir qatorga qo‘yadi, deyiladi doimiy vakolatxona bayonotida.
Avvlroq BMT Rossiyaning Ukrainanig Donetsk, Lugansk, Xerson va Zaporoje viloyatida bir tomonlama “referendum”lar o‘tkazganini qoralagan va ular qonuniy kuchga ega emasligini aytgandi.
LiveBarchasi