Rossiya Germaniyaning 40 nafar diplomatini quvyapti

Olam

image

Rossiya Germaniya diplomatik missiyasining 40 nafar xodimini chiqarib yubormoqda. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 25 aprel kuni Germaniya elchisi Geza Andreas fon Gayr Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilgan. Unga Rossiyadagi nemis diplomatik muassasalarining 40 nafar xodimini “persona non grata” deb e’lon qilingan nota topshirilgan.

“Germaniya Federativ Respublikasi elchisiga Germaniya Federativ Respublikasi hukumatining yuqorida qayd etilgan qaroriga simmetrik javob sifatida Rossiyadagi nemis diplomatik muassasalarining qirq nafar xodimini “persona non grata” deb e’lon qilgan nota topshirildi”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, 4 aprel kuni Germaniya hukumati 40 nafar rossiyalik diplomatni chiqarib yuborishga qaror qilgan edi. Mamlakat haydalgan diplomatlarni “Germaniya erkinligi va nemis jamiyati birligiga putur yetkazishga” urinayotganini ta’kidladi. Rossiya tomoni bu qarorni nomaqbul deb hisoblagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

280

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing