Rossiya gazi va neftidan voz kechish Yevropaga qanchaga tushishi ma’lum bo‘ldi

Olam

image

Yevropa Ittifoqi Rossiya energetik resurslariga qaramlikdan qutilish uchun keyingi besh yil ichida qo‘shimcha 195 milliard yevro sarflaydi. “Financial Times” gazetasining yozishicha, Yevropa Komissiyasi (YeK) tomonidan tezlashtirilgan tartibda energetik o‘tish bo‘yicha loyihasi shunday byudjetni o‘z ichiga oladi.

Nashr tanishib chiqqan hujjatda aytilishicha, “toza energiyaga jadal o‘tish orqali Rossiyaning qazib olinadigan yoqilg‘isiga qaramlikni tezda kamaytirish mumkin”.

Buning uchun 2030 yilga borib Yevropa Ittifoqi energiya samaradorligini oshirish orqali energiya sarfini rejalashtirilgan 9 foiz o‘rniga 13 foizga kamaytirishi kerak bo‘ladi. Shuningdek, qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqarishni ikki baravardan ko‘proq oshirish maqsad qilingan. Shu tariqa Yevropa iste’molidagi qayta tiklanadigan energiya ulushi 2020 yildagi 22 foizdan 2030 yilga kelib 45 foizga yetadi.

Boshqa narsalar qatorida, 2030 yilga kelib YeIda iste’moli 20 million tonnaga yetishi mumkin bo‘lgan yashil vodorodga (bu hajmning yarmi import qilinadi), shuningdek, biometanga ham mablag‘ kiritish taklif etilmoqda.

“Financial Times” nashrining yozishicha, loyiha rasman 18-may kuni taqdim etilishi kutilmoqda. Bu Yevropa Ittifoqining bir qancha direktivalariga o‘zgartirishlar kiritishni, jumladan qayta tiklanadigan energiya loyihalari uchun talablarni yumshatishni talab qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

632

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing