Rossiya G‘arbni og‘riqli javob zarbasidan ogohlantirdi 

Olam

image
0:00
0:00
download

Moskvaning G‘arb sanksiyalariga nisbatan beradigan javobi juda og‘riqli bo‘lishi mumkin. Ayni paytda Yevropa davlatlari Rossiyani bo‘g‘ish orqali o‘z iqtisodlarini charchatayotganini tushunishlari kerak. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Iqtisodiy hamkorlik departamenti direktori Dmitriy Birichevskiy aytib o‘tgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya tomoni hozircha to‘liq qarshilik choralarini ko‘rmayapti. 

“G‘arb davlatlari Rossiyaga qarshi hujumlar bilan allaqachon o‘z iqtisodini va fuqarolarini charchatib qo‘ygani ko‘rinib turibdi... Yevropaliklarning qishda isitish tizimlarisiz, yozda esa konditsionersiz jaziramada o‘tirishida Rossiyaning aybi yo‘q. Bizga qarshi sanksiyalar bumerang tarzda G‘arbning iqtisodiyotiga ta’sir qiladi. Biz bunga bir necha marotaba amin bo‘lganmiz”, deydi Birichevskiy.

Departament direktorining ta’kidlashicha, G‘arb uchun tayyorlanayotgan cheklov choralari Rossiya iqtisodiyotiga ham ta’sir qilmay qolmaydi. Biroq Moskva Yevropaga beradigan javobi juda og‘riqli bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1354

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing