Rossiya G‘alaba kuni arafasida Ukrainaga hujumlarni kuchaytirdi
Olam
−
08 may 2023
9787Bugun, 8 may kuni Moskvada G‘alaba bayramiga tayyorgarlik ko‘rilayotgan bir paytda Rossiya Kiyev va Ukrainaning boshqa shaharlariga hujumlarni kuchaytirib, uchuvchisiz samolyotlar, raketa bilan havo hujumlari to‘lqinini boshladi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Ukraina qurolli kuchlari Bosh shtabining ertalabki ma’lumotlariga ko‘ra, Xarkov, Xerson, Nikolayev va Odessa viloyatlari shaharlariga 16 ta raketa zarbalari berilgan, bundan tashqari Ukraina pozitsiyalari va aholi punktlariga 61 ta havo va 52 ta raketa zarbalari berilgan. Ukraina havo hujumidan mudofaa kuchlari Rossiya uchirgan 35 ta “Shahed” dronlarining barchasini yo‘q qilgan.
Kiyev meri poytaxtda yonilg‘i ombori, avtomobillar, binolar va infratuzilmaga zarar yetkazilishi oqibatida kamida besh kishi yaralanganini ma’lum qilgan. Qora dengiz sohilidagi Odessa shahrida esa oziq-ovqat ombori yonib ketgan.
Rossiyaning "Vagner" yollanma askarlari guruhi Baxmutdan chiqib ketish rejalaridan voz kechganidan so‘ng, qamaldagi shaharni o‘qqa tutilish ham kuchaygan.
Shuningdek, Kiyevning Solomyanskiy tumanida sodir bo‘lgan portlashlarda uch kishi, Svyatoshin tumanida dron qulashi oqibatida ikki kishi jabrlangan.
LiveBarchasi