Rossiya futbol ittifoqi UEFA'ga talab qo‘ydi

Sport

image

Rossiya futbol ittifoqi (RFI) UEFA'dan Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyi Aleksandr Petrakovni lavozimidan chetlashtirishni talab qildi. Bu haqda“The Guardian" nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Rossiya futbol ittifoqi Aleksandr Petrakovni rossiyaliklarni kamsitishda va neytral siyosiy pozitsiyani saqlashdan bosh tortishda ayblagan.

RFI bosh kotibining o‘rinbosari Denis Rogachev UEFA Nazorat, etika va intizom bo‘yicha organiga xat yozdi. Denis dalil sifatida  Petrakovning Italiyaning “Corriere dello Sport” va Rossiyaning “Sport Express” nashrlaridagi so‘zlaridan iqtibos keltirgan.

Aleksandr Petrakov Rossiya terma jamoalarini xalqaro musobaqalardan chetlatishga chaqirgan. Shuningdek, Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyi Rossiyaga qarshi chiqish uchun qo‘liga qurol olishga ham tayyorligini bildirgan. Ushbu bayonotlardan so‘ng, RFI Petrakovni UEFA'ning Odob-axloq kodeksini buzganlikda ayblagan.

Ma’lumot uchun, Rossiyaning turli yoshdagi terma jamoalari va klublari FIFA va UEFA tomonidan o‘tkaziladigan barcha musobaqalardan chetlatilgan. Rossiya tomoni bu qarorlarni tushunmasligini va sport siyosatdan xoli ekanligini aytib keladi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya futbol ittifoqi

Baholaganlar

183

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar