Rossiya fashizmining 10 yashar qurboni Qobiljon Tojikistonga dafn etiladi (video)

Olam

image

Moskva yaqinidagi maktabda o‘ldirilgan to‘rtinchi sinf o‘quvchisining jasadi Tojikistonga yuboriladi. 

10 yashar marhum Qobiljon A.ning otasi bir necha yil oldin vafot etgan. Bolaning ortidan u bilan bir sinfda o‘qigan akasi qoldi. 

Oila do‘stlarining aytishicha, bolalarning onasi “namunali ayol” bo‘lib, u hujum sodir bo‘lgan Gorki-2 posyolkasidagi Uspenskiy maktabida to‘rt yil davomida farrosh bo‘lib ishlagan. 

Odinsovo shahar okrugidagi maktabga qilingan hujumda 10 yoshli bola halok bo‘lgan va qo‘riqchi yaralangan.

Eslatib o‘tamiz, 16 dekabr kuni ertalab 15 yoshli to‘qqizinchi sinf o‘quvchisi maktabga pichoq bilan bostirib kirdi. U qo‘riqchi va to‘rtinchi sinf o‘quvchisini pichoqlab, bolani o‘ldirdi. Tergov qo‘mitasi Rossiya Jinoyat kodeksining 105-moddasi (qotillik) va Rossiya Jinoyat kodeksining 30-moddasi 3-qismi, 105-moddasi 2-qismi (ikki yoki undan ortiq odamni o‘ldirishga urinish) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Tergov qo‘mitasi hibsga olingan 15 yoshli o‘smir so‘roq paytida aybini tan olganini, jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va tafsilotlarni ham bayon qilganini ma’lum qildi.

17 dekabr kuni Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi Odinsovoning Gorki-2 qishlog‘idagi Uspenskiy o‘rta maktabida to‘rtinchi sinf o‘quvchisining o‘ldirilishini qoraladi. Vazirlik respublika fuqarosi bo‘lgan bolaning o‘limi munosabati bilan hamdardlik bildirdi. 

Hujumni uyushtirgan 15 yoshli Timofey K. ismli bola qo‘lga olingan. Uning telefonidagi galereyada selfilar va halok bo‘lgan maktab o‘quvchisining surati aniqlangan. Shuningdek, o‘smir ekstremistik iqtiboslar va o‘ng radikal tashkilotlar nomlari bilan bezatilgan o‘z kaskasini ham suratga olgan. Xususan, kaskada “Sygaown” so‘zi yozilgan bo‘lib, bu 2022 yilda AQSHda sodir etilgan ommaviy otishmaga ishora hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing