Rossiya emas. Japarovning ilk davlat tashrifi qayerga bo‘ladi?

Olam

image

Avvalroq, Qirg‘izistonda muddatidan oldin bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlaridagi ovozlarni qo‘lda hisoblashning dastlabki natijalariga ko‘ra, nomzod Sadir Japarov 79,20 foiz bilan yetakchilik qilayotgani haqida xabar bergan edik. Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bugun, 11 yanvar kuni telefon orqali suhbatda Sadir Japarovni Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti saylovidagi g‘alabasi bilan tabrikladi. Bu haqda nomzod Sadir Japarovning shtab-kvartirasida xabar berildi.

Qozog‘iston rahbari Prezident saylovlari natijalari Qirg‘iziston xalqi tomonidan bildirilgan ishonchning yuqori darajasini ko‘rsatishini ta’kidladi. To‘qayev Sadir Japarovga kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilab, Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti lavozimiga rasman kirishganidan so‘ng, uni Qozog‘istonga tashrif buyurishga taklif qildi.

Sadir Japarov tabriklari uchun Qosim-Jomart To‘qayevga minnatdorlik bildirgan va birinchi xorijiy tashrif bilan Qozog‘istonga davlat rahbari sifatida kelish taklifini qabul qilgan.

O‘z navbatida, Japarov ham Qosim-Jomart To‘qayevni Qozog‘istondagi parlament saylovlarini muvaffaqiyatli o‘tgani bilan tabriklagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

740

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing