Rossiya elchixonasi Vashingtonning “bosqin” vaqti haqidagi iddaosiga izoh berdi
Olam
−
15 yanvar 2022
8700Rossiyaning Vashingtondagi elchixonasi Oq uyning Ukrainaga bosqin uyushtirish vaqti haqidagi bayonotini soxta va axborot bosimi deb atadi.
Rossiya elchixonasi Facyebook’dagi bayonotida ta’kidlashicha, AQSH rasmiylari hech qanday dalil keltirmasdan “bunday provokatsiyalar ssenariylarini allaqachon batafsil tasvirlab, “operatsiyalar”ning yakuniy boshlanish sanalarini ham aytib berishyapti”.
Rossiya diplomatik korpusi masalaning bu kabi shakllantirilishi rasmiy Moskvaga nisbatan axborot bosimi davom etayotganini tasdiqlaydi.
“Ahamiyatlisi, odatiy ssenariy takrorlanyapti: sensatsiya paydo bo‘ladi, keyin esa matbuot tomonidan ko‘p marta takrorlangan holda, asosiy yangiliklarga aylanadi”, deydi elchixona.
Bundan tashqari, diplomatlar Qo‘shma Shtatlarni Rossiya tomonidan taklif qilingan shartnomalar loyihalari asosida xavfsizlik kafolatlari ustida jiddiy ishlashga chaqirdi va “Moskva barcha xalqaro muammolarni diplomatik yo‘l bilan hal etish tarafdori” ekanini ta’kidladi.
Avvalroq, Oq uy matbuot kotibi Jen Psaki hech qanday dalil keltirmasdan, Rossiya joriy yilning yanvar-fevral oylari o‘rtalarida Ukrainaga “bosqin qilish”i haqida bayonot bergandi. U Moskva bostirib kirish uchun sabotaj tayyorlayotganini alohida urg‘ulagan. Rossiya go‘yoki “bosqin” uchun bahona qidirayotgani haqidagi bayonotni Pentagon matbuot kotibi Jon Kirbi ham aytdi.
LiveBarchasi