Rossiya dunyoda o‘xshashi yo‘q qiruvchi tankni sinovdan o‘tkazdi

Olam

image

Rossiya takomillashtirilgan 125 millimetr snaryadli o‘ziyurar tank sinovini yakunladi. Bu haqda “Armiya-2022” xalqaro harbiy-texnik forumi arafasida “Rostex” korporatsiyasi xodimi Vladimir Artyakov RIA Novostiga ma’lum qildi.

“Tankning davlat sinovlari allaqachon yakunlangan. Yaqin kelajakda biz ushbu modelga “O1” belgisi berilishini kutmoqdamiz, shundan so‘ng u ishga tushirilishi mumkin”, deydi Artyakov.

Takomillashtirilgan o‘ziyurar SAU 2S25 tanki – bu kuchli artilleriya va raketa tizimiga ega bo‘lgan zirhli zanjirli mashina. O‘ziyurar ushbu qurol ko‘p funksiyali bo‘lib, uch ballgacha bo‘lgan to‘lqinlarda tayyorgarliksiz suv to‘siqlarini yengib o‘tishga qodir va bir vaqtning o‘zida suvda o‘q uzadi. Bundan tashqari, mashina baland tog‘larda, tropik iqlim sharoitida, botqoqli hududlarda ham jangovar harakatlarni amalga oshirishi mumkin.

Ma’lum bo‘lishicha, 2C25 o‘q otish kuchi bo‘yicha T-80, T-90 tipidagi tanklardan kam emas, quruqlik va suvda harakatlanishi jihatidan u BMD-4M, BMP-3. harbiy mashinalari darajasida.

“Ushbu mashinaning Rossiyada ham, dunyoda ham raqobatchisi yo‘q”, deydi Artyakov.

O‘ziyurar ushbu tank ekipaji bilan havodan desant sifatida tushirilishi mumkin. U yonilg‘ini bir marta to‘ldirilgan holda 500 kilometrgacha masofani bosib o‘tishga qodir. Yangilangan 2C25 birinchi navbatda Havo-desant kuchlari bo‘linmalari uchun mo‘ljallangan.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

2308

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing