Rossiya dunyoda tengi yo‘q qiruvchisiga ega bo‘lmoqda
Olam
−
08 may 2019
13591Joriy yilda Rossiya federatsiyasi Mudofaa vazirligi Su-57 qiruvchisi bilan boyitilishi kutilmoqda.
Beshinchi avlodga mansub qiruvchi 5+ tizimidagi super dvigatel bilan jihozlangan. Ushbu model 2019 yilning noyabr oyida Rossiya aviatsiyasi tarkibiga qo‘shib olinadi.
Ilk Su-57 seriyali qiruvchini mamlakat Havo-kosmik kuchlari qabul qilib oladi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Super qiruvchini yetkazib berish borasida mart oyida turli mish-mishlar tarqalgan bo‘lsada, Su-57 ni joriy yil oxiriga qadar yetkazib berish va’da qilinmoqda.
Ko‘p bor ta’kidlanganidek, Su-57 loyihasi eng maxfiy loyiha bo‘lib qolmoqda.
Aprel oyida ilk Su-57 ni Janubiy harbiy okrugdagi qismga yetkazib berish bo‘yicha bahslar bo‘lgan edi. Unga ko‘ra super qiruvchi Sevastopoldagi “Belbek” aerodromga qarashli 38-qiruvchi polk va Qrimdagi 3-aralash polkiga berilishi aytilgan edi.
LiveBarchasi