Rossiya dronlarining Ukrainaga hujumi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi
Olam
−
27 iyun 3102 1 daqiqa
Rossiyaning kecha, 26 iyun kuni amalga oshirgan dron hujumlari oqibatida Ukrainaning Dnepropetrovsk va Sumi viloyatlarida kamida uch kishi halok bo‘ldi, yana bir necha kishi jarohat oldi. Bu haqda mamlakat rasmiylariga tayanib, “Reuters” xabar qildi.
Dnepropetrovsk viloyati gubernatori Aleksandr Ganjaning ma’lum qilishicha, Nikopol shahrida mikroavtobusga qilingan dron hujumi oqibatida ikki nafar yo‘lovchi halok bo‘lgan. Gubernatorning so‘zlariga ko‘ra, hodisa oqibatida yana 12 kishi jarohat olgan. Ular orasida ikki nafar bola ham bor.
Sumi viloyatida esa Rossiya bilan chegaraga yaqin hududda joylashgan qishloqqa dron hujumi uyushtirilgan. Viloyat gubernatori Oleg Grigorovning ma’lum qilishicha, hujum oqibatida bir nafar erkak halok bo‘lgan.
Shuningdek, Zaporoje viloyati gubernatori Mixail Fedorov Rossiyaning kun davomidagi hujumlari oqibatida ikki kishi jarohatlanganini bildirgan. Uning aytishicha, hujumlar ko‘p qavatli turarjoy binolarining fasadlariga ham zarar yetkazgan.
Qayd etilishicha, Nikopol shahri Dnepr daryosining Rossiya nazoratidagi Zaporoje atom elektr stansiyasiga qarshi sohilida joylashgan bo‘lib, tez-tez Rossiya hujumlari nishonga aylanadi.
Eslatib o‘tamiz, Ukraina 26 iyunga o‘tar kechasi Rossiyaning o‘ndan ortiq hududi, anneksiya qilingan Qrim va ularga tutash dengiz hududlariga 660 ta dron bilan keng ko‘lamli hujum uyushtirgan edi.

Live
Barchasi