Rossiya dronlari Odessa va Zaporojega hujum qilmoqda
Olam
−
16:32 1416 1 daqiqa
Rossiya qurolli kuchlari bugun, 16 dekabr kuni Odessa va Zaporojega dronlar orqali yalpi hujumlar qilgan. Bu haqida Ukraina armiyasidagi manbasiga tayanib, “Deutsche Welle” axborot agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Rossiya tomonidan Ukrainaga 69 ta dron zarbasi kelib tushgan. Qurollar asosan “Shahed” va “Gerbera” tipidagi dron bo‘lib, hujum Oryol, Primorsko-Akxtarsk (Krasnodar), Millerovo (Rostov) va anneksiya qilingan Qrimdandan amalga oshirilgan.
Ukraina qurolli kuchlari 57 ta dronni zararsizlantirganini e’lon qildi. Faqat 10 dron nishonga yetib borgan. Hujum davom etmoqda.
Rossiya Odessadagi isitish qozonxonalarni ishdan chiqargan. Zaporojeda esa ko‘p qavatli uyga zarba berilgani aytilmoqda. Oqibatda 3 kishi jarohat oldi.
Hududda qutqaruvchilar ish olib bormoqda, yuqori qavatlardan aholi evakuatsiya qilinmoqda. Qolgan dronlar hali ham osmonda, bu yangi xurujlar ehtimolini ko‘rsatadi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Moskvaga dronlar hujum qilgani, uchta asosiy aeroport faoliyati vaqtincha to‘xtatilgani aytilgan edi.
Live
Barchasi