Rossiya diplomatlarini chiqarib yuborgan davlatlardan o‘ch oldi

Olam

image

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rossiyalik diplomatlarning bir nechta mamlakatdan chiqarib yuborilishiga javob sifatida Boltiqbo‘yi davlatlarining o‘n nafar vakilini akkreditatsiya qilishni to‘xtatdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi

“O‘zaro munosabatlar tamoyili asosida Litva elchixonasining to‘rt nafar xodimi, Latviya elchixonasining uchta xodimi, shuningdek, Estoniya elchixonaci va Estoniyaning Sankt-Peterburgdagi Bosh konsulligining Pskovdagi vakolatxonasining uch nafar vakilini akkreditatsiya qilish to‘xtatilgani e’lon qilindi”, deyiladi xabarda. 

Avvalroq, 18 mart kuni Latviya va Estoniya Rossiya elchixonasining uch nafar, Litva esa to‘rt nafar xodimini chiqarib yuborgandi. Ular "diplomatik maqomga zid" faoliyat yuritishda va ular ishlagan mamlakatning "xavfsizligiga putur yetkazishda" ayblangan.

Shundan so‘ng, Polsha diplomatik missiyasining 45 nafar xodimi ham Varshava iltimosiga binoan mamlakatni tark etgan. Shuningdek, Shimoliy Makedoniya Tashqi ishlar vazirligi besh nafar rossiyalik diplomatni persona non grata deb e’lon qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

2374

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing