Rossiya diplomatlari BMT Bosh Assambleyasida qatnashishdan quruq qoldi

Olam

image
0:00
0:00
download

BMT Bosh Assambleyasida qatnashish uchun Rossiya delegatsiyasining bir qancha a’zolari, jumladan, delegatsiyaning rasmiy qismidan ikki kishi AQSH vizasini olmagan. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya delegatsiyasi bir necha guruhlarga bo‘lingan. Birinchi delegatsiya rasmiy hisoblanadi.

Qayd etilishicha, ro‘yxat Rossiya Federatsiyasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. Bu safar delegatsiyaga Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov boshchilik qilmoqda. Rasmiy delegatsiyaning 10 nafar a’zosidan ikki nafariga viza berilmagan.

“Bu taktika allaqachon AQSHning nomaqbul an’anasiga aylangan, ammo haqiqat saqlanib qolmoqda. Biz har doimgidek bu borada barcha da’volarimizni bildirdik”, deydi Zaxarova.

Shuningdek, hamrohlik qilgan shaxslar orasidan bir necha kishi – ekspertlar, diplomatlar va delegatsiya ishini ta’minlovchi shaxslar AQSH vizasini olmagan. Uchinchi toifa esa jurnalistlar bo‘lib, ulardan biriga viza berilmagan.

Eslatib o‘tamiz, 13 sentyabr kuni Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va unga hamrohlik qilayotgan delegatsiyaning bir qator a’zolariga Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasida ishtirok etish uchun AQSH vizalari berilgan edi.

Ma’lumot o‘rnida, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 77-sessiyasi 13 sentyabr kuni ochilgan edi. Sessiyaning asosiy tadbiri yuqori darajadagi haftalik (20-26 sentyabr) bo‘lib, unda turli mamlakatlarning davlat, hukumat rahbarlari va Tashqi ishlar vazirlari ishtirok etadi. Rossiya Federatsiyasi delegatsiyasining nutqi 24 sentyabrga belgilangan.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

152

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing