Lavrovga vanihoyat AQSH vizasi berildi

Olam

image

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va unga hamrohlik qilayotgan delegatsiyaning bir qator a’zolariga Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasida ishtirok etish uchun AQSH vizalari berildi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.

“Bugun Lavrov va delegatsiyaning bir qator a’zolariga vizalar berildi”, deyiladi diplomatik departament xabarida.

Shuningdek, Rossiya TIV delegatsiyaning boshqa a’zolariga ham vizalar berilishini, AQSH tomonidan kiritilgan noqonuniy sanksiyalar tufayli rossiyalik vakillar BMT Bosh Assambleyasida ishtirok etish uchun logistik muammolarga uchrayotganini qayd etgan.

Ma’lumot o‘rnida, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 77-sessiyasi 13 sentyabr kuni ochiladi. Sessiyaning asosiy tadbiri yuqori darajadagi haftalik (20-26 sentyabr) bo‘lib, unda turli mamlakatlarning davlat, hukumat rahbarlari va Tashqi ishlar vazirlari ishtirok etadi. Rossiya Federatsiyasi delegatsiyasining nutqi 24 sentyabrga belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oy o‘rtalarida Rossiyaning AQSHdagi elchixonasi Oq uy va Davlat departamentidan mamlakat Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va Rossiya delegatsiyasining barcha a’zolariga sentyabr oyida bo‘lib o‘tadigan BMT Bosh Assambleyasida qatnashish uchun viza berishni talab qilgan edi. 

25 fevral kuni AQSH Lavrovga qarshi sanksiyalar kiritgan.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

172

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing