Rossiya deputatlaridan mamlakat fuqaroligini olganlar uchun yangi “syurpriz” tayyorlandi

Olam

image

Davlat Dumasiga Rossiya fuqaroligini olgan erkaklar uchun harbiy xizmatga chaqirilish yoshini 50 yoshga oshirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi kiritildi. Hujjat parlament quyi palatasi ma’lumotlar bazasida e’lon qilindi.

Tashabbus mualliflari – deputatlar Aleksey Juravlyov, Aleksandr Boroday va Mixail Sheremet. Ularning fikricha, endi Rossiya fuqaroligini olmoqchi bo‘lgan xorijliklar harbiy xizmatga ro‘yxatdan o‘tishdan qochadi yoki ma’lum yoshga yetgunicha kutadi. Shuni hisobga olib ular "Harbiy burch va harbiy xizmat to‘g‘risida" Federal qonunining 22-moddasi 1-qismiga o‘zgartirishlar kiritishni taklif qilishmoqda.

O‘tgan yilning yanvar-oktyabr oylaridagi statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 318 mingdan ortiq xorijlik Rossiya fuqaroligini qabul qilgan. Ular asosan Tojikiston, Armaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Ozarbayjondan kelgan muhojirlardir.

Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, Rossiya fuqaroligini olgan chet el fuqarosi yashash joyida ro‘yxatdan o‘tgan kundan boshlab ikki hafta ichida harbiy ro‘yxatdan o‘tishi kerak. Harbiy guvohnomasiz bunday fuqarolar Rossiyada qonuniy ravishda ishlay olmaydi.

Deputatlarning ta’kidlashicha, Rossiya Federatsiyasining fuqarosi nafaqat imtiyozlardan foydalanishi, kerak bo‘lganda yangi vatanini himoya qilishi ham kerak.

Ma’lumot uchun, 2024 yildan boshlab Rossiyada chaqiruv yoshining yuqori chegarasi 30 yoshga chiqdi. Putin harbiy xizmatga chaqiruv yoshini 27 dan 30 ga oshirish haqidagi qonunni imzolagan edi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing