Rossiya defolt yoqasidami? Kremldan javob bo‘ldi

Olam

image

Standard & Poor's (S&P) agentligining Rossiyaning xorijiy valyutadagi reytingini “tanlangan defolt” darajasiga tushirishiga ob’ektiv sabablar yo‘q. Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov bugun, 11 aprel kuni jurnalistlar bilan suhbatda bunga ishonchi komil ekanini aytib o‘tdi.

“Bunday defolt uchun hech qanday ob’ektiv sabablar yo‘qligi aniq. Rossiya o‘z majburiyatlarini bajarish uchun barcha zarur imkoniyatlarga ega”, degan Kreml matbuot kotibi.

“Raqiblarimizning bunday nokonstruktiv pozitsiyasi vaziyatni chigallashtirishi mumkin.”, degan Peskov.

Umuman olganda, Peskovning so‘zlariga ko‘ra, reyting agentligi qaroriga izoh berish huquqi hukumatga tegishli. 

“Bu haqda Rossiya Moliya vaziri Anton Siluanov “Izvestiya”ga bergan intervyusida gapirdi. Bu faqat texnik texnogen defolt bo‘lishi mumkin”, degan Peskov.

Eslatib o‘tamiz, S&P Global Ratings (S&P) xalqaro agentligi Rossiyaning xorijiy valyutadagi uzoq muddatli va qisqa muddatli kredit reytinglarini “CC” dan “SD”ga, ya’ni “tanlangan defolt”ga tushirgandi.

Buning ortidan RF Moliya vaziri G‘arb davlatlari Rossiyani defolt deb e’lon qilsa, Moskva sudga murojaat qilish niyatida ekanini bildirdi.

RF davlat qarzi

Moliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yil 1 fevral holatiga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasining tashqi davlat qarzi 59,5 milliard dollarni tashkil etadi, shu jumladan tashqi obligatsiyalar bo‘yicha qarz - 38,97 milliard dollar. Jami Rossiyada 2022 yildan to 2047 yilgacha to‘lanishi kerak bo‘lgan 15 faol obligatsiyali kredit mavjud.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

691

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing