Rossiya chet elga ketgan fuqarolarini yangi qonun orqali ortga qaytarmoqchi
Olam
−
02 yanvar 2023
18711Rossiyaning IT sektori yangi yilda masofadan ishlash bo‘yicha qonunchilik tufayli ko‘plab ishchilarni yo‘qotishi kutilmoqda. Bu haqda Reuters nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, rus rasmiylari aloqalarini butunlay uzmay xorijga ketgan o‘n minglab kishilarni ortga qaytarishga urinib ko‘rishmoqchi. Bunda ular yangi qonundan foydalanishni reja qilishmoqda. Qonunga ko‘ra, ba’zi kasblar uchun masofadan ishlashga taqiq qo‘yilishi mumkin.
Ma’lumot uchun, asosan masofadan ishlaydigan IT soxasi mutaxassislari o‘tgan yilning fevralida Ukrainada urush hamda sentyabrida harbiy chaqiruv boshlangandan beri Rossiyani tark etgan fuqorolar orasida katta ko‘pchilikni tashkil etadi. Hukumat hisob-kitoblariga ko‘ra, hozirda 100 mingga yaqin IT mutaxassislari Rossiya kompaniyalari uchun xorijdan turib ishlab kelmoqda.
Shuningdek, ko‘plab rossiyalik IT mutaxassislarining NATO mamlakatlarida ishlashi xavfsizlikka oid nozik ma’lumotlarni beixtiyor qarama-qarshi blok bilan baham ko‘rishi mumkinligidan qo‘rqib, endilikda IT mutaxassislarining Rossiyadan chiqib ketishini taqiqlash ham taklif qilinmoqda.
Ammo o‘tgan yilning dekabr oyida Rossiya Raqamli rivojlanish vazirligi (Minkomsvyaz) to‘liq taqiq Rossiya IT firmalarining samaradorligini pasaytirishi va raqobatbardoshliligini kamaytirishi mumkinligini aytdi. “Oxir-oqibat, kim eng iqtidorli xodimlarni, shu jumladan, chet eldan ham jalb qila olsa, u g‘alaba qozonadi”, deyiladi vazirlik bayonotida.
Ma’lumot o‘rnida, mamlakatni tark etgan rus yoshlarining ko‘pchiligi nafaqat asosan rus tilida gaplashiladigan Latviya, Gruziya yoki Armaniston kabi davlatlarga, balki okean ortida joylashgan Argentina kabi Lotin Amerikasi mamlakatlariga ham ketgan.
Alibek Beyjanov
LiveBarchasi